Bir kontur — bir mahsulot

Date:

Har bir ekin turining u sabzavot, poliz ekini bo‘ladimi, bog‘dorchilik bo‘ladimi, o‘z qiyinchiligi bor. Muhimi, nima yetishtirishimizdan qat’i nazar o‘z ishimizning hadisini bilmog‘imiz darkor. Ana shundagina faqat va faqat foyda haqida o‘ylaymiz. Qolaversa, bir hududda faqat bir xil mahsulot yetishtirilsa, uni yetishtirish ham, sotish ham oson kechadi.
Termiz tumanidagi At-Termiziy mahallasida joylashgan 124-konturda “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida tadbirkorlar tomonidan ko‘kat mahsulotlari yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Eksportbop hisoblangan mazkur mahsulotlarni yetishtirishda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga moliyaviy hamda texnik ko‘maklar ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.
Mazkur jarayonlarni o‘rganish hamda tadbirkorlar bilan suhbatlashish maqsadida hududga tashrif buyurgan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Shuxrat Qalandarov hamda “Agrobank” ATB tuman filiali mutasaddilari qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining el dasturxoni to‘kinchiligiga va bozorlar farovonligiga qo‘shadigan salmoqli hissasini alohida qayd etishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sanjar shohsupada

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi –...

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy

1-oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish faqat A...

Tartibi aniq

Hukumatning 2025-yil 10-oktyabrdagi 637-son qarori bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga...

 “Shymkent Cup 2025”da yorqin natija

Qozog‘istonning Shimkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Shymkent Cup Taekwondo...
KunTun
KunTun