Surxondaryo “Eng zo‘r an’anaviy taom” nominatsiyasida g‘olib

Date:

O‘zga yurtda mehmon bo‘lganlar yoki yashab qolganlar uchun eng qiyinchilik tug‘diradigan jihat, ularning taomlari bo‘lsa kerak. Ular milliy taomlarimizni sog‘inishlari aniq. Rost-da, o‘z yurtimizda yashasak ham, doimo milliy taomlarimizni iste’mol qilsak-da, darrov palovxonto‘ra-yu, manti-somsalarni pishirib, oilamiz bilan sevib iste’mol qilishni boshlaymiz. Mana shunday mazali taomlarimizni bir marta tatib ko‘rgan mehmonlar borki, qayta va qayta kelishlari aniq. Turizmning turli yo‘nalishlari ichida gastronomik turizm ham sayyohlarni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, yurtimizning har bir hududida o‘ziga xos gastronomik turizm salohiyati shakllangan. Jumladan, vohamizda ham tandir go‘sht, cho‘poncha, yumshoq go‘sht, somsa, shashlik, baliq ovqatlari kabi Surxondaryoning hududlariga xos bo‘lgan taomlar bor. Turizmning ushbu yo‘nalishini rivojlantirish, xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun tanishtirish, jahon ommasi o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida joriy yil 20-22-sentabr kunlari Toshkent shahrida “Lazzatli O‘zbekiston” xalqaro gastronomik festivali o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati oshpazlari, umumiy ovqatlanish shahobchalari vakillaridan iborat jamoa ham munosib ishtirok etib, “Eng zo‘r ananaviy taom” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun