Obodlik bor joyda…

Date:

Ko‘cha-ko‘y va xonadonlarni toza-ozoda, saranjom-sarishta saqlash, turli daraxt va gul ko‘chatlari ekib, tevarak-atrofni ko‘kalamzorlashtirish xalqimizga xos yuksak fazilatdir.
Tabiat musaffoligini asrash, uni kelajak avlodga bekam-u ko‘st yetkazish hayotiy vazifamiz sanaladi. Ayniqsa, yosh avlodda ona tabiatga hurmat, uning bebaho ne’matlarini ardoqlash tuyg‘usini oshirish orqali ekologik madaniyatni, tozalikka rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga erishamiz. Bu esa inson salomatligi va uzoq umr ko‘rishida asosiy omildir.
Bugun erta tongdan Boysun tumanida “mahallalar yettiligi”, tashkilot va korxona rahbarlari hamda xodimlari ishtirokida tuman markazini, mahallalar hududini toza-ozoda, saranjom-sarishta saqlash borasidagi ishlarga start berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tonglarimizga soya tuşmasin

Tongda bolalarning beğubor kulgisi yangraşi, onalarning farzandini maktabga kuzatişi,...

Har rangingda mujassam Vatan

Davlat bayroği — mamlakatning dunyoga körinadigan qiyofasi, xalqning esa...

Uzum qandil pişibdi

Ustozim Abdulhamid Qorayev sözlab bergan uşbu hikoyani sizlarga ham...

Yaxşilikning manzili qayda?

Jamoat transporti bölgan avtobus jamiyat a’zolarini fikrlarini örganişga, tahlil...
KunTun
KunTun