Bilimi “Zakovat”da sinaldi

Date:

Yangi o‘quv yili boshlanishi bilan o‘quvchilar o‘qib o‘rganishga, bilimlarini sinovdan o‘tkazishga kirishib ketdilar. Ilk kunlardanoq darslar bilan bir qatorda turli tadbirlar, bilimlar bellashuvlari boshlanib ketdi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Zakovat” intellektual oʻyini ham ana shunday bellashuvlarning biri bo‘ldi.
Tanlovning Angor tumani bosqichida tumandagi 48 ta maktab jamoalari oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi. O‘yin “Zakovat intellektual klubi” NNT Surxondaryo viloyati hududiy koordinatori Salohiddin Odilov tomonidan olib borildi. Saralashlarsiz 30 ta savoldan iborat oʻyin qiziqarli va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tdi. Asosiysi, o‘quvchi-yoshlar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Yakuniy natijalarga koʻra, 3-o‘rin 3-maktab, 2-o‘rin 15-maktab jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, 1-o‘rinni 29-maktab jamoasi qo‘lga kiritdi. Gʻolib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom bilan taqdirlandilar va musobaqaning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun