Yoshlar bilan uchrashuv…

Date:

Ma’lumki, yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan g‘amxo‘rlik va keng imkoniyatlar natijasida ularning bandligi ta’minlanayotir, qiziqish va talablariga binoan munosib qo‘llab-quvvatlanayotir. Jumladan, Termiz tumanida yoshlarning muammolarini tinglash, taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda ularga ko‘mak ko‘rsatish, bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Tuman prokurorining o‘rinbosari Sherzod To‘raqulov va mutasaddilar probatsiya guruhi ro‘yxatida turgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, yoshlarning murojaatlari tinglandi hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, ikki nafar yoshning bandligi ta’minlandi.
Prokuror o‘rinbosari yoshlarga probatsiya hisobida vaqtida amal qilish lozim bo‘lgan majburiyatlar, ularni bajarish tartiblarini yana bir bora tushuntirib, qayta jinoyat sodir etmaslik, sog‘lom hayot tarzi kechirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun