«Qo‘mondonlik kubogi» musobaqasida

Date:

Sport birdamlikka, sport jismoniy chiniqish-u muvaffaqiyatga boshlaydi. Yoshlarimizni sportga qiziqtiramiz har tomonlama barkamol bo‘lib o‘sishlari uchun sport musobaqalari, tanlovlar uyushtiramiz. Termiz shahridagi «Alpomish» o‘yingohida kuch tuzilmalarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash maqsadida futbol bo‘yicha «Qo‘mondonlik kubogi» musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada viloyatdagi barcha kuch tuzilmalaridan sportchilar ishtirok etishdi. Malakali mutaxassislar tomonidan adolatli va shaffof baholangan bellashuvlarda ishtirokchilar o‘zlarining yuqori tayyorgarligini namoyish etishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, DXX chegara qo‘shinlari 3-o‘rinni, Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi 2-o‘rinni egalladi. Bojxona xizmati Surxondaryo viloyati boshqarmasi jamoasi esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar qo‘mondonlik tomonidan kubok, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun