Surxondaryo delegatsiyasi Tojikistonda

Date:

Yurtimiz Mustaqilligining 33 yillik shodiyonalari hali tugagagni yo‘q. xalqimiz ham bayram kayfiyatida. Ana shunday shukuhli onlarda Tojikiston Respublikasida davlat mustaqilligining 33 yilligi boshlandi. Shu munosabat bilan Shahrinav tumanida bayram tantanalari o‘tkazildi.
Tojikistonliklarning quvonchiga uzunliklar ham sherik bo‘ldilar. Jon-jigar, o‘zaro qo‘shnichilik aloqalari mustahkam bog‘langan ikki davlat xalqlarini yagona din, o‘xshash madaniyat, urf-odat va an’analar bir-biriga mustahkam bog‘lab turadi.
Shahrinav tumanida Tojikiston Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda Uzun tumani hokimi o‘rinbosari Behzod Xasanov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi. Kutib olish marosimidan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikiston Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda bo‘lishdi.
Uzunlik mehmonlarning Tojikistonga kelishi javob tashrifi bo‘ldi. 25-avgust kuni Shahrinav va Tursunzoda shahar ijro hokimiyati vakillari Uzunda O‘zbekiston mustaqilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishgandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun