HOMIYLIK YORDAMI KO‘RSATILDI…

Date:

Yangi o‘quv yilining boshlanishi yangi maktab formalari, o‘quv qurollari olish bilan maroqli kechadi. Maktabda yangicha uslubda borishning gashti bo‘lakcha. Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sirojiddin Adinayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yillik bayrami munosabati bilan tumandagi “Otaliqqa olingan” chin yetim bolalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarining-da, boshqalardan kam bo‘lmay, maktabga chiqishi uchun munosib sovg‘a hozirlandi.
Ana shunday bolajonlar uchun o‘quv qurollari va kuzgi maktab formalari olib berildi. kutilmagan tuhfadan bolajonlarning quvonchi cheksiz. Ayni hayajon ila maktabga chiqib, yangi o‘quv yilini boshlashdi. Bu ularning qalbida cheksiz minnatdorlik tuyg‘usini uyg‘otish bilan birga, yaxshi o‘qib o‘rganishga, kelgusida Vatan uchun munosib kadr, yaxshi inson bo‘lib yetishishiga o‘zlariga bo‘lgan ishonchni oshirgani aniq.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik va shaylik ustuvor

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi...

Iste’dodlar bir sahnada jam

Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan...

Sovuq kunlarda xavfsizlik — hayot garovi

Termiz tumanida sovuq kunlarda tabiiy va suyultirilgan gaz hamda...

“Ostona-1” nasos stansiyasi modernizatsiya qilindi

Uzun tumanidagi «Ostona-1» nasos stansiyasida qiymati 2 million 18...
KunTun
KunTun