“Ishbilarmon ayol – 2024”: tuman bosqichi…

Date:

Yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka, ishlab chiqarishga jalb etish borasida ko‘plab loyihalar amalga oshirilayotir. O‘zLiDeP Termiz tumani Kengashi bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan “Tadbirkor ayolga tayanchmiz” shiori ostida “Ishbilarmon ayol – 2024” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov jarayonida ishtirokchilar faoliyatini baholashda hakamlar hay’ati ishbilarmon ayollarning tuman miqyosida hunarmandchilikni rivojlantirish, zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlariga alohida ahamiyat qaratishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni “AMINA HOME TEXTILE” oilaviy korxonasi rahbari Oygul Azizova (Orol mahallasi) egalladi. G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda O‘zLiDePning estalik sovg‘alari, shuningdek, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmalar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun