Ishsizlar ishli bo‘ldi

Date:

Oliy ma’lumotni tasdiqlovchi diplom bo‘lsa, istagan ishimizda joylashadigandekmiz. Aslida hamma narsa ham biz o‘ylagandek bo‘lavermaydi. Munosib ish izlaysiz, istagan ishingizga tajribangiz yetmagani uchun qabul qilishmasa, boshqalariga bo‘sh shtat yo‘qligi uchun xafsalangiz pir bo‘ladi. Diplom bilan ishsiz yurish erish tuyiladi. Afsuski, bu haqiqat.
Uzunlik yoshlarning sabri esa mukofotlanadigan bo‘ldi. ular uzoq vaqt ishsiz olishmadi, sababi Uzun tumani hokimi Xabibulla Bozorov tuman markazidagi “Shodlik” istirohat bog‘ida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabulda 60 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib o‘zlarining 34 ta turli masalalardagi murojaatlari bilan tuman hokimiga yuzlanishdi.
Qabul “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasiga ulandi va unga tumandagi korxona va tashkilotlar o‘zlarida mavjud 247 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Joriy yil oliy ta’limni tamomlagan 20 nafar yigit-qiz turli tashkilot va korxona, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ishga joylashtirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun