Yoshlar Biznes sayohatda

Date:

Ma’naviy hordiq ham yoshlar kelajagini o‘zgartirishga, ertangi kuni uchun hal qiluvchi qarorlar qabul qilishiga xizmat qilsa, nur ustiga nur. “Yoshlar kelajagimiz jamg‘armasi” hamda Surxondaryo viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda yoshlarimizni turli kasblarga hamda tadbirkorlikka yo‘naltirish, kasbiy bilim va ko‘nikmasini rivojlantirish maqsadida turli biznes sayohatlari tashkillashtirib kelinmoqda.
Yoshlar-kelajagimiz jamgʻarmasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-dekabrdagi 765-sonli qarori asosida imtiyozli kredit olib tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qo‘ygan tadbirkorlik qilayotgan yoshlar faoliyatini yaqindan tanishtirish maqsadida Angor tumanidagi “Durdona Asila Angor” MCHJ hamda Termiz shahridagi “Imkon PM” MCHJ larning polietilen paketlar ishlab chiqarishga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida yoshlar yosh tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdilar. Olam-olam taassurotlar oldilar. Ishlab chiqarsh, xizmat turlarining borishi, ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish borasida foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun