Energotejamkor uskunalarni joriy etsak…

Date:

Har birimiz iste’molchimiz. Hayotimiz davomida oziq-ovqat, suv va boshqa narsalarga ehtiyojimiz bo‘lgani kabi elektr energiyasi, gaz ham sarflaymiz. Zarurat ekan deb isrof qilish yaramaydi, ularning ham oxiri bor. Qolaversa, moddiy jihatdan ham holatimizni o‘ylashimiz darkor.
Boysun tuman prokuraturasining tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar hamda mutaxassislar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2023-yildagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va raqamli energonazorat tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF 77-son farmoni hamda sohaga oid qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Boysun tumani prokuraturasida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman sektor rahbarlari, energetika sohasi mutassadilari, tadbirkorlar, yirik energo iste’molchilar, tijorat banklari, fermerlar ishtirok etdi. Seminar davomida ishtirokchilarga elektr energiya va tabiiy gazni iqtisod qilish, tadbirkorlik subyektlarida energo tejamkor uskunalarni keng joriy qilish energoresurslarni talon-taroj qilinishini oldini olish borasida so‘z yuritildi.
Shuningdek, energotejamkor texnologiyalar stat kondensatorlar, quyosh panellari, zamonaviy suv nasos agregatlari va gaz uskunalarining afzalliklari, texnik xususiyatlari haqida ma’lumot berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun