Faol tadbirkorlar taqdirlandi

Date:

Yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda ishbilarmonlik muhitini yaratayotganlar talaygina. Bu bilan ular nafaqatvo‘zlariga balki davlatga ham naf keltirmoqda. Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan imzolangan Farmon va farmoyish bilan mamlakatimiz iqtisodiyotida barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari, ish o‘rinlari yaratish, aholi turmush farovonlini oshirish yo‘lidagi hissalari uchun bir guruh tadbirkorlar davlat mukofotlari va “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Ular orasida davlat mukofotiga loyiq ko‘rilgan ikki nafar, “Faol tadbirkor” nishoni bilan taqdirlangan olti nafar surxondaryolik tadbirkorlar ham bor. Bugun Termiz shahridagi “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida vohalik tadbirkorlarga davlat muokofotlari va ko‘krak nishonlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, tadbirkorlarning keyingi yillarda vohamizni har tomonlama rivojlantirishga qo‘shayotgan hissalarini alohida e’tirof etdi. Shundan so‘ng, “Do‘stlik” ordeni va “Shuhrat” medali hamda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali topshirildi.
Tadbirda ishtirok etgan nuroniylar, ko‘p yillar davlat boshqaruvida hamda tadbirkorlik faoliyatini olib borgan faxriylar hamda tadbirkorlar so‘zga chiqib, bugungi yurtimizda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarga to‘xtalab, Prezidentimiz va xalqimiz o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Marosimidan so‘ng tadbirkorlar va nuroniylar uchun bayram dasturxoni yozildi. Nuroniylar yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda tadbirkorlarimiz ishlariga rivoj tilab duoga qo‘l ochishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tashabbuskor yoshlar harakatda

Yurtimizda obodonlashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ezgu...

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning harbiy sohaga oid bilim...

Tarixiy meros — milliy g‘urur va ma’naviyat manbayi

Ajdodlarimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish, yosh avlod...

Huquqiy tushunchalar berildi

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan harbiy...
KunTun
KunTun