Yetti xazinaning biri…

Date:

Asalarichilik sohasida voha ahlining-da qiziqishi bor, shu sabab, asal mahsulotlarini yetishtirishga bo‘lgan e’tibor va talab ortib borayotir. Ayniqsa, ekologik toza asalga bo‘lgan ehtiyoj nihoyatda yuqori. Boisi asal shifobaxsh ne’mat sifatida o‘z tarkibida inson organizmi uchun zarur yetmishga yaqin mikroyelementlarni jamlagan.
Angor tumanida ham asalarichilikni rivojlantirish maqsadida aholi o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqda. Hozirgi kunda tumanning “Gulzor” mahallasida 10 ga yaqin xonadonda asalari parvarish qilinmoqda. Ana shu asalarichilardan biri bo‘lmish Hasan Mamatov ham oila a’zolari bilan birgalikda asalarichilik bilan shug‘ullanadi.
Ularning aytishlariga qaraganda, hozirgi kunda 11 ta qutida 22 ta asalari oilasini parvarish qilishmoqda. Imtiyozli kredit olib faoliyatini boshlagan asalarichilar asalari oilasi sonini ko‘paytirishni niyat qilishgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun