47 foiz yosh minimal ball yig‘a olmadi

Date:

Yurtimiz yoshlarining bilimlari sinovdan o‘tib, OTMlarga kirish imtihonlari yakuniga yetdi. Natijalar qay darajada ekanini esa raqamlar ochiqlab turibdi, ya’ni afsuski, 46,9 foiz abituriyent o‘qishga kirish uchun yetarli minimal ballni to‘play olmagan.
Natijalar esa mandat.uzbmb.uz saytida e’lon qilinib, bu yil jami 737 351 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashdi. Bu o‘tgan yilgidan 151 mingga kam. Ruxsatnoma chiqarilgan 65 243 nafar abituriyent esa negadir imtihonga kelmagan. Testdan chetlatilganlar soni esa 94 nafarni tashkil etgan.
Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Surxondaryo viloyatida o‘rtacha ball — 64,7 ballni tashkil etgan.
Testda qatnashgan abituriyentlarning 345 869 nafari o‘qishga kirish uchun yig‘ish kerak bo‘lgan minimal 56,7 ballni ham to‘play olmagan. Bu jami abituriyentlarnning 46,9 foizi degani.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistrantlarimiz Jiangsuda

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar...

Muammolar yechimi muhokamada

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini...

Voleybolchi qizlardan faxrli natija

Qoraqalpog‘iston Respublikasida voleybol bo‘yicha U-17 qizlar o‘rtasida Respublika chempionati...

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...
KunTun
KunTun