Endigina jurnalistika sohasida ishlashni boshlagan yosh jurnalistlarga ishlash uchun, gazeta sahifalariga tayyorlash uchun xat beringchi, ular buning uddasidan qanday chiqishadi. Albatta, ushbu xatni qanday ishlash, qanday qisqartirish, qay jihatlarini olib qolishga e’tibor qaratish lozimligi borasida esankirab qolishadi. Har bir gap, fikr kerakliday tuyiladi va matnni o‘qish, ba’zi juz’iy va imloviy xatolarni tuzatgan bo‘lishadi.
Aslida matndagi aniq ma’lumot va misollarni keltirish, iloji boricha fikrni qisqa va lo‘nda qilib aytish, o‘quvchiga tegadigan foyda haqida o‘ylash lozim. Agar matn ustida ishlayotgan bo‘lsak, unga xuddi o‘zimiz yozayotgandek yondashishimiz lozim. Muallif o‘z nomi bilan e’lon qilinayotgan materialga jiddiy va mas’uliyat bilan yondashadi. Mana shunday fikrlar rus yozuvchisi, “Kinjal” jurnali bosh muharriri Maksim Ilyaxov hamda zamonaviy rus adibi, muharrir, Lyudmila Sarichevalarning “Yoz, qisqartir: Kuchli matn yozish siri” nomli kitobida keltirb o‘tilganki, o‘quvchi o‘zi uchun foydali va kerakli maslahat va tavsiyalarni ololadi.
Ushbu kitob media sohasi vakillari, o‘quvchilar, talabalar, blogerlar, kanallar adminlari, bo‘lajak jurnalistlar, o‘qituvchilar, matbuot xizmatlari xodimlariga, ya’ni ishi aynan yozish bilan bog‘liq bo‘lgan barchaga eng kerakli qo‘llanma bo‘la oladi. “Yoz, qisqartir” kitobida risoladagidek matn yozish qoidalari qisqa va tushunarli bayon qilingan bo‘lib, asarni mutolaa qilish orqali kitobxon kerakli so‘zllarni qo‘llagan holda aniq va ta’sirli yozishni o‘rganish imkoniyatiga ega.
Asarda tajriba va amaliy faoliyat asosida yozilgan tavsiyalarga rioya qilish orqali matnlar bilan ishlash, auditoriya uchun tushunarli kontent yaratish, o‘quvchilarni qiziqtirish va ishontirish san’atini egallashingiz mumkin. Ha aytgancha, kitob tarjimoni – yozuvchi Muhabbat Yo‘ldosheva bo‘lib, asar “Asaxiy books” loyihasi asosida 5 ming nusxada nashr etilgan.
“Yoz, qisqartir: Kuchli matn yozish siri”
Date: