Korrupsion holatlar 2 baravarga kamaygan

Date:

Keyingi yillarda olib borilayotgan samarali va tizimli ishlar natijasida korrupsiyaga qarshi kurash sohasida mamlakatimizda bir qator ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Binobarin, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro yillik reytingda yurtimiz sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erisha oldi. Chunonchi, dunyoning 180 ta mamlakati orasida O‘zbekiston 33 ball bilan 121-o‘rinni egalladi. Bu o‘tgan yillarga qaraganda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash biroz yaxshilanganini ko‘rsatadi.
Endi korrupsiya holatlari to‘g‘risida viloyat bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, viloyat hududiy kengashi tomonidan bu borada amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 6 oyi mobaynida korrupsiyaga oid jinoyatlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan keskin kamayishiga erishildi. Xususan, 2023-yilning 6 oyi mobaynida 242 ta jinoyat ishi bo‘yicha 341 nafar shaxs tomonidan korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilgan bo‘lsa, 2024-yilning 6 oyida esa jami 117 ta jinoyat ishi bo‘yicha 137 nafar shaxs tomonidan jinoyatlar sodir etilgan.


Viloyat Kasaba uyushmalarining kichik majlislar zalida Korrupsiyaga qarshi kurashish Surxondaryo viloyat hududiy Kengashi tomonidan tashkil etilgan brifingda 2024-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy axborot berildi. Aytish kerakki, Kengash tomonidan 2024-yilga mo‘ljallangan davlat Dasturi hamda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan “Yo‘l xaritasi”ga asosan belgilangan chora-tadbirlar dasturlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida har oy yakunlari bo‘yicha Respublika Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga ma’lumot va hisobotlar taqdim etib borilmoqda. Xususan, davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalarda olib borilayotgan ishlar hududiy Kengash yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilayotir.
Hisobot davrida hududiy Kengashning 10 ta hisobot, 8 ta sayyor yig‘ilishi o‘tkazilib, unda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jami 14 ta hududiy davlat organlari boshliqlarining hisobotlari eshitildi. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, hisobotlari tinglangan aksariyat tashkilotlarda hisobot davrida korrupsiyaga oid jinoyatlar
sodir etilishi holatlari oshganligini kuzatish mumkin. Buning asosiy sabablari sifatida mazkur boshqarma,

tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan belgilangan boshqarma va idoralarning apparatlarida korrupsiyaga qarshi tuzilmalarni majburiy tartibda tashkil etish talabining bajarilmaganligi hamda xodimlarni ishga qabul qilishda ochiq-oshkoralik, shaffoflikning ta’minlanmaganligidir. Jumladan, o‘tgan yillar davomida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmalarining hisobotlarida kadrlarni ishga qabul qilish jarayonlari bo‘yicha umuman ma’lumot berilmagan. Bunda tashkilotlarda ishonch telefonlari, elektron pochta manzillarining e’lon qilinishi, veb-saytlarda tashkilot faoliyatiga oid ma’lumotlarining o‘z vaqtida yangilanib borilishi, ijtimoiy tarmoqlarda tashkilot sahifalarini tashkil etish va muntazam axborotlar berib borish ham muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, korrupsiya jinoyati sodir etilishiga olib keluvchi sabablardan yana biri ushbu illatga qarshi kurashishda eng samarali usullardan bo‘lgan profilaktika ishlarini tizimli ravishda olib borilmasligidir. Shularni inobatga olgan holda yuqoridagi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida alohida “Yo‘l xaritasi”, chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqilib, ularning ijrosi muntazam amalga oshirilib borilmog‘i darkor.

S.NORMURODOVA,
T.ALIQULOV
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Soliqdan qochib…

Yaqinda kiyim-kechak do‘koniga kirib, xaridni amalga oshirganimdan so‘ng, kassada...

Sinov majburiy bo‘ladi

Palma yog‘i 45 foizgacha palmetin kislotasidan tarkib topgan. Ushbu...

Kredit olishni taqiqlash mumkinmi?

Yurtimizda oʻz-oʻziga kredit olishni taqiqlash boʻyicha yangi qonun kuchga...

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyiladi

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini taʼminlash, ijtimoiy xizmat va...
KunTun
KunTun