To‘marisga izdosh

Date:

Salomatlikni asrash va mustahkamlashning eng samarali yo‘llaridan biri bu – sog‘lom turmush tarziga amal qilishdir. Sport, ayni sog‘lom turmush tarzining negizni tashkil etadi desak adashmagan bo‘lamiz. Nafaqat oilada, balki jamiyat ravnaqida ham o‘z faolligini namoyon etib kelayotgan ayol-qizlarimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi turli sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. Bu kabi musobaqalar, ayniqsa, huquq tartibot organlari safida xizmat qilayotgan ayol xodimalarning jangovor safarbarligini oshirishga xizmat qiladi. Shu jumladan, Surxondaryo viloyatida ham ichki ishlar organlari harbiy xizmatchi ayollar va xodimalari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” musobaqasini musobaqasi tashkil etildi.
Xodimlarda jangovar tayyorgarlikni oshirish, ular o‘rtasida, ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishdek jihatlarni o‘z oldiga maqsad qilgan ushbu musobaqa, sog‘lom raqobatga asoslangan holda o‘tdi. Tezkorlik, qat’iyatlilik, uddaburonlik kabi fazilatlarni o‘zida jam qilgan sohaviy xizmat xodimalari avvalo, belgilangan masofaga estafetali yugurib, epchillik, intizom va birdamlikda harakatlana olish jihatlarini nomoyon etishdi. Jarayon АK74 (aftamat kalashnikov) va PM9 (pistolet makarof) pistoletidan amaliy o‘q otish mashqlariga ulanib ketdi. Ushbu shart esa ishtirokchilardan mohirlik, merganlik bilan birga ehtiyotkorlikni talab etishi ham hech kimga sir emas. Jasorati, azm-u shijoati bilan millatimizning g‘urur va iftixoriga aylangan To‘marisning bugungi davrdagi haqiqiy izdoshlari bo‘lgan viloyat IIB xodimalari so‘nggi shartda jang maydonida yaralanganda birinchi tez yordam ko‘rsatishdagi mahorati, bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
To‘maris haqiqiy matonat timsoli desak adashmagan bo‘lamiz. Uning jasorati, vatanimizning ertangi kuniga o‘zini daxldor deb hisoblagan har bir ayol-qiz uchun o‘rnak bo‘la oladi va ular qalbida ajdodlarimiz bilan faxrlanish hissini uyg‘otadi. Yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Bu kabi musobaqalar, albatta, Vatan himoyasidek sharafli yo‘lni tanlagan xotin-qizlar qalbida el-u yurt tinchligi yo‘lida fidokorona xizmat qilishga undaydi nazarimizda.

Nodira Musayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mezbon jamoa gʻolib

Sherobod tumanidagi 8-umumtalim maktabida 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida...

“Hunari bor – xor bo‘lmas”

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash...

Sudlardan Ijtimoiy inspeksiyaga o‘tkaziladi

Senat yalpi majlisida aholining ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishga qaratilgan...

Gʻalla ekish ishlari o‘rganildi

Surxondaryo viloyatida 2026-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish...
KunTun
KunTun