“Yengilmas” filmining treyleri e’lon qilindi

Date:

Bahodir Jalolov nomini bugun dunyo taniydi. U o‘zbekning g‘ururi va iftixori bo‘lsa, boshqa davlatlarda yengilmas, kuchli sportchi sifatida taassurot qoldirgan. Uning birinchi, ikkinchi raunddayoq raqibini nokaut holatiga keltirib qo‘yichi boksga qiziqmagan insonni-da e’tiborini tortadi. Albatta, bunday natijaning ortida Bahodir Jalolovning tinimsiz mehnat-u mashaqqatlari yotadi. Ushbu yengilmas bokschining hayoti haqida bilish ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otishi aniq. Sportchining-da hayotida sinovli kunlar, nohaqliklar juda ko‘p bo‘lgan. Ana shunday hayot yo‘lini yoritguvchi film suratga olinishi haqida xabar bergan edik.
Taniqli aktyor Ulug‘bek Qodirov ijrosidagi filmda mashhur bokschi, Olimpiada chempioni Bahodir Jalolovning hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinadi. “Yengilmas: Tokioga yoʻl” nomli badiiy film Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan “CONGLOMERATE STUDIO” studiyasi tomonidan yaratilmoqda. Filmning ilk katta premyerasi sentyabr oyiga rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sayohat mazmunli oʻtdi

“Yoshlar turizm haftaligi” doirasida ishlab chiqilgan dastur asosida Sherobod...

Kitob o‘qisa, muddati qisqaradi

Yangi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, belgilangan ro‘yxatdagi kitoblarni o‘qigani...

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...
KunTun
KunTun