“Jaholatga qarshi – ma’rifat”

Date:

Jazo muddatini o‘tayotgan mahkum uchun belgilangan muddat davomida hayotini sarhisob qilishi, qayerda xato qilganini tushunib yetish, tegishli xulosa chiqarish, saboq olish muddatidir. Tuzalish, jamiyatga, odamlar orasiga, oilaga sog‘lom fikr, sog‘lom dunyoqarash bilan qaytish esa unga ikkinchi imkonni bergandek bo‘ladi. Ozodlikning qadriga yetish uchun ham mahkumlik bir sinovdir.
Ana shunday anglashlar davrida Termiz shahridagi “A.Jomiy” mahalla fuqoralar yig‘inida joylashgan shahardagi 9-son tergov hibsxonasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan maʼnaviy-maʼrifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz shahar bo‘linmasi tashabbusi bilan “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda so‘z olganlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, teng huquqiylik, tinchlik va totuvlikni targ‘ib qilish maqsadida fikr va mulohazalarni bildirib o‘tdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun