Sharoitlar o‘rganildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri va Denov tumanida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari o‘tkaziladigan obyektlarda yaratilgan sharoitlar va ularning jarayonlarga shaylik holati bilan tanishdi. Xususan, Termiz shahrida “Surxon” sport majmuasi test sinovlari o‘tkazish uchun tayyorlangan povilyonlar hamda Ro‘zi Choriev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun kutish joylari ko‘zdan kechirildi. Test sinovlarini ommaviy topshirish uchun qulay, alohida o‘rindiqli povilyonlar hamda ota-onalarning kutish joylarida jarayonlarni bevosita kuzatib borish uchun monitorlar o‘rnatilgan.
Viloyat rahbari hududlarga tashrifini Denov tumanida davom ettirib, test sinovlari uchun tayyorlangan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, jamoat salomatligi texnikumi va tuman Sport maktabi sport zallaridagi mavjud sharoitlar bilan ham tanishdi. Mas’ullarga sinovlar o‘tkaziladigan va kutish joylarida qo‘shimcha qulayliklarni yaratish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shundan so‘ng, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi. Tadbirda 260 ga yaqin yosh ishtirok etib, o‘zlarining murojaat va takliflarini bildirdilar.
Yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq va samimiy muloqot davomida bildirilgan takliflar va ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarini a’lo baholarga tamomlagan bir guruh bitiruvchilarga diplomlar tantanali topshirildi. Tashrif yakunida Qizilsuv daryosi bo‘yida yoshlar saylgohini tashkil etish ishlarining borishi bilan ham tanishildi. Mas’ullar belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan axborot berdi. Ishlarni sifatli va tizimli tashkil etish, jadallashtirish bo‘yicha yangi vazifalar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun