Sayohat maroqli o‘tdi

Date:

To‘rt muchasi sog‘ odamlar ayni yoz faslida munosib xordiq chiqarib, yil davomidagi charchoqlarini chiqarish maqsadida voha yoki yurtimiz bo‘ylab sayohatga otlangan. Maktab o‘quvchilari ham ta’tilda oromgohlarda yangi do‘stlar davrasida vaqtini chog‘ o‘tkazishayotir. Ammo, yolg‘iz keksalar, nogironligi bor insonlarchi? Ular nima qilishsin? Jarqo‘rg‘on tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ayni ularni o‘ylagan holda yaxshi bir tashabbusga qo‘l urdi.
Markaz tomonidan tumandagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolg‘iz yashovchi, yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sayohati tashkil etildi. Viloyatimiz bo‘ylab sayohatga otlangan sayohatchilar go‘zal tabiat manzaralarimiz, shifobaxsh suvlarimiz, toza havomizdan bahramand bo‘lish bilan birga tarixiy qadamjolarga, ziyoratgohlarda ziyorat qilishdi. Muzeylarda bo‘lib, noyob arxeologik topilmalar, qimmatli ashyolar bilan tanishimiz, qadim o‘tmishimiz haqida bilimlarini yanada boyitdilar.
Sayohat maroqli va unutilmas xotiralarga boy bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun