Kun bo‘yi ishlab, xorigan holatda, dam olish, ertangi kun uchun kuch to‘plash uchun uyimizda dam olmoqchi bo‘lib turgan paytda qo‘shnimizning baland ovozda qo‘ygan musiqasi ta’bimizni xira qilsa, boshqa tomondan qo‘shni bolalarning derazamiz ostida shovqin qilib to‘p tepishi dard ustiga chipqon bo‘ladi. Aynni jihatlarni hisobga olgan holda tegishlicha Qonun loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan harakatlarning qat’iy ro‘yxati tasdiqlanmoqda, shuningdek fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar oralig‘i belgilanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari «Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqib, birinchi o‘qishda qabul qilishdi. Loyiha bilan aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilishning asosiy prinsiplari, atrof tabiiy muhitga shovqin orqali zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari, aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish sohasidagi davlat organlarining vakolatlari belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar oralig‘i belgilangan ya’ni tungi vaqtda — sutkaning soat 23:00 dan 06:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida va dam olish kunlari hamda qonunchilik bilan belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari soat 22:00 dan 09:00 gacha vaqt oralig‘ida — fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytiriladi. Bunga ko‘ra, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.
Shovqinlanmang, jarima to‘laysiz
Date: