Faol o‘quvchi va o‘qituvchilar taqdirlandi

Date:

O‘quv yili yakunlanib, g‘alvir suvdan ko‘tariladigan pallada, tugagan o‘quv yilida nimalarga erishildi-yu, nimalarga yo‘q. Ayni sarhisob qilinganda, har bir maktab jamoasi o‘zi uchun kerakli xulosani chiqarishi aniq. Qaysidir maktab yutuqlaridan quvonib, kelgusi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya jarayonini ayni shu shukuh va shijoat bilan davom ettirishni ko‘zlayotgan bo‘lsa, qaysidir maktab jamoasi kamchiliklaridan, erisha olmaganlaridan yetarlicha xulosa chiqarib, kelgusida buni takrorlamaslikni maqsad qilayotgani ham bor gap. Sariosiyo tuman hokimligi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan 2024-yil yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchi hamda o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, tuman hokimi Abduqodir Donayev ham ishtirok etib, joriy yilning 26-fevral sanasida oʻtkazilgan Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari munosib taqdirlandi. Tanlov natijalariga koʻra 1-o‘rin 5-sonli umumta’lim maktabi 100 million, 2-o‘rin 3-sonli umumta’lim maktabi 75 million, 3-o‘rin 4-sonli umumta’lim maktabi 50 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi. Gʻoliblarga tuman hokimligi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi bilan hamkorlikda pul mablag‘lari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun