“Inklyuziv ta’lim” loyihasining istiqbollari muhokama qilindi

Date:

2023-yil oktyabr oyidan Maktabgacha ta’lim agentligi bilan hamkorlikda YUNISEF xalqaro tashkiloti va Yevropa ittifoqi ko‘magi asosida ta’lim sohasidagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan jamoalar uchun Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlaridagi davlat bog‘chalarida o‘nta ko‘p tilli innovasion, inklyuziv muqobil guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilganidan xabaringiz bor. Aytish kerakki, ushbu xalqaro hamkorlik natijasida vohada tashkil etilgan ko‘p tilli muqobil guruhlarga muhtoj oilalarning 400 nafardan ortiq 3-6 yoshli farzandlari, jumladan, viloyatda yashovchi afg‘on bolalari qamrab olingan.
Bugun, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Kastijio va Shveysariya elchixonasi xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Raxel Byosh hamda Maktabgacha ta’lim agentligi mutasaddilari Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ko‘p tilli muqobil maktabgacha ta’lim guruhlarini tashkil etish bo‘yicha Surxondaryo tajribasi bilan yaqindan tanishishdi.
Tashrif davomida mehmonlar ko‘p tilli muqobil maktabgacha ta’lim guruhlarini tashkil etish bo‘yicha Surxondaryo tajribasi bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, xorijiy mehmonlar hamda qator mutasaddilar shahrimizdagi 3-sonli umumta’lim maktabida ham bo‘lishdi. Manzilda “Afg‘on muhojirlarining farzandlari uchun ta’lim va tarbiyada qulay inklyuziv muhit yaratish” loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun