Xotira turniri bo‘lib o‘tdi

Date:

Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabida erkin kurash, Yunon-rum kurashi hamda ayollar kurashi bo‘yicha Qodirov To‘xta bobo xotirasiga bag‘ishlab, senator Bahodir Qodirov sovrini uchun viloyat birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning ochilish marosimida senator B.Qodirov, O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari M.Ismoilov, Surxondaryo viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i B.To‘raboyev hamda tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Musobaqaga 500 nafarga yaqin yosh 10 ta vazn toifasi bo‘yicha ishtirok etdi. E’tirof etish kerakki, kurash qiziqarli va murosasiz olishuvlarga boy bo‘ldi. Kuchlilar, mahoratlilarning qo‘li baland kelib, raqiblarining kuragini yerga tekkazdilar. Yakunda esa g‘olib va sovrindorlarning har birlariga pul mukofotlari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun