Tajribalar ommalashmoqda

Date:

“Sayxunobod tajribasi” viloyatimiz bo‘ylab keng ommalashayotgan bir paytda vohadoshlarimiz shu kunga qadar ham yer bilan tillashib, o‘zlari va oilasini band qilib, bundan mo‘may daromad ko‘rib kelayotgan edi. “Sayxunobod tajribasi” esa tajribali, ishni ko‘zini biladigan dehqon va mirishkor fuqarolarimizning boshqalarga ham o‘rnak qilish, tajribasini ommaltirish imkonini berdi.
Maqsad bitta — hududlarda aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va bu tajriba asosida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yishdir. Bu borada boysunliklar ham ortda qolayotgani yo‘q, balki o‘z tomorqalarida issiqxonalar barpo etib, turli erta pishar poliz va sabzavot mahsulotlari, shuningdek, gulchilik hamda ko‘chatchilik sohasini rivojlantirib, oila byudjetiga qo‘shimcha daromad olib kelmoqdalar.
Tajribali dehqon 65 yoshli Yodgor Mamatmurodov o‘z xonadonidagi yerdan unumli foydalanib, kam bo‘lmayapti. Farzandlari va oila a’zolarini ham mehnatga o‘rgatib, mahalliy bozorlarimizga poliz mahsulotlari va ko‘chat yetkazib, topayotgan daromadlaridan mamnun va ushbu tajribani mahalladagi fuqarolarga ham o‘rgatib kelmoqda.
Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov Bog‘ibolo mahallasida istiqomat qilib kelayotgan Yodgor Mamatmurodov xonadonida bo‘lib, ushbu xonadonda tashkil etilgan ko‘chatchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik hamda tomchilab sug‘orish tajribasi asosida tashkil etilgan issiqxonalarni ko‘zdan kechirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun