Ishsizlar ishli bo‘ldi

Date:

Ishsizning birdan bir muammosi munosib ish o‘rni topish bo‘ladi. Tashkilot va idoralarining eshigini qoqib, o‘ziga ma’qul keladigan ishni topish esa vaqt, sarsongarchilik talab etadi. Sariosiyo tumanida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi esa ana shunday ish izlovchilarning vaqtini tejab, ortiqcha sarsongarchiligining oldini oldi.
Kasb-hunar o‘qitish markazida ishlash istagini bildirgan yosh fuqarolarni, oliy ta’lim bitiruvchilari, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari, voyaga yetmagan yoshlar, qurolli kuchlar zaxirasiga bo‘shatilganlar, muqaddam sudlanganlarni ish bilan ta’minlashni maqsad qilgan mehnat yarmarkasida, 145 ta korxona va tashkilot 435 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
Yarmarkada, 65 nafar ishsiz fuqaro qatnashdi va ularni 37 nafari ish bilan ta’minlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun