“Yor-Yor” filmi yangi talqinda suratga olinadi

Date:

Barchamizga yaxshi ma’lum bo‘lgan, har bir kadrini sevib tomosha qiladigan “Yor-yor” filmidagi voqealar yodimizdan ko‘tarilgani yo‘q. Ming marta ko‘rsak ham, qayta va qayta zavq-u shavq bilan tomoshaga berilamiz. Voqealar rivoji 1964-yilda suratga olingan bo‘lib, film yaratilganiga 60 yil to‘lgani munosabati bilan yangi talqinda suratga olinadi.
Senariyga o‘zgartirish kiritilar dersiz. Yo‘q, “Yor-yor” bilan deyarli bir xil. Birgina farqi yangi “Yor-yor”da voqealar Yangi O‘zbekiston davrida bo‘lib o‘tadi. Film sinopsisi Kinematografiya agentligi Badiiy kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, taklif va mulohazalar bildirildi.
Film bosh qahramonlaridan biri – Ota obrazini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Abdullayev gavdalantiradi. Hozirda boshqa qahramonlar uchun kasting jarayonlari davom etmoqda.
Qiziqayotganlar uchun aytish mumkinki, film shu yilning dekabr oylarida tayyor bo‘ladi, 2025-yilgi Navro‘z bayramida katta ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...

 “Men kuchli ayolman”

Termiz shahrida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Men kuchli ayolman” profilaktik...
KunTun
KunTun