Bahodir Jalolovdan master-klass

Date:

Bahodir Jalolov deganda yengilmas chempion haqida o‘ylay boshlaymiz. Yoshlar ham chempionga havas qilishi, ayni u kabi bo‘lishni orzulashi aniq. Sariosiyo tumani Sharg‘un shahar Sport maktabida tashkil etilgan uchrashuvda eng og‘ir vazn toifasida Jahon va Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni, Osiyo o‘yinlarida oltin medal sohibi Bahodir Jalolovning tashrifi yoshlar uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.


Uchrashuv ochiq muloqot va qiziqarli savol javoblarga boy bo‘ldi. Sababi yoshlarning chempionga beradigan savollari bisyor. Bahodir esa barcha savollarga samimiy va xushchaqchaqlik bilan javob qaytardi. Bu uchrashuv yoshlarga ulkan turtki (motivatsiya) va so‘nmas shijoat berdi, desak adashmagan bo‘lamiz.
Uchrashuvdan keyin barcha mashg‘ulotlar maydoniga yo‘l oldi. Ko‘ngilli yoshlar Bahodir Jalolov bilan ringga chiqdi. Champion yosh sportchilarga muvaffaqiyat sirlarini o‘rtoqlashish bilan birga jang usullarini ko‘rsatib berdi. Ajoyib tarzda o‘tgan master-klass darslari yosh sportchilar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi buyurtmalar portfeli shakllantiriladi

Sanoatsiz davlat iqtisodiyoti rivojlanishi mushkul. Sanoat rivojlansa, ishlab chiqarish...

Milliylik va mohiyat

Til — millat ko‘zgusi! Ona tili esa millatning ruhidir....

Tillar turfa, maqsad yagona

Jahon davlatchiligi tarixiy taraqqiyotidan ma’lumki, milliy masala har bir...

Tezkor, shaffof va qog‘ozsiz

Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida sud-huquq tizimini sun’iy...
KunTun
KunTun