“IBRAT farzandlari” loyihasi tashkilotchilari Surxondaryoda

Date:

Til o‘rganishning eng qulay va samarali tizimi yaratilgani til o‘rganuvchi yoshlarning ham vaqtini, ham naqdini tejashga, qolaversa, xorijiy tillardan birini o‘rganishga xizmat qilayotir. Ana shunday loyiha deya “Ibrat farzandlari”ni aytishimiz mumkin. Qisqa fursatlarda ushbu loyihaning o‘z o‘quvchilari soni minglab yig‘ildi va loyihadan ko‘zlangan maqsad o‘zini oqladi.
Rus, ingliz, turk tili o‘qituvchilarining onlayn saboqlari orqali juda yaxshi taniymiz. Ayni ularning Surxondaryoga tashrifi ko‘plab yoshlarni quvontirgani rost. Yoshlar markazi binosida “IBRAT farzandlari” maktabi ochilish marosimi oldidan loyiha rahbari hamda xalqaro toifadagi rus va turk tili o‘qituvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Shundan so‘ng, navbat “IBRAT farzandlari” maktabi ochilishiga berildi. Loyiha Yoshlar markazi binosida “IBRAT farzandlari” loyihasi rahbari Rustam Qoriyev, xalqaro toifadagi rus va turk tili o‘qituvchilari, viloyatda tashkil etilgan xorijiy tillarga mo‘ljallangan 20dan ortiq o‘quv markazlar murabbiy va o‘quvchilari hamda voha yoshlar ishtirokida tashkil etildi. Aytish kerakki, ushbu maktabda til o‘rganish istagida bo‘lgan barcha fuqarolar qatnashi mumkin. Darslar esa mutlaqo bepul.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Delegatsiyamiz “TTG Rimini” ko‘rgazmasida

Italiyaning Rimini shahrida bo‘lib o‘tgan “TTG Rimini” xalqaro turizm...

Oila va mahalla qadriyatlariga bag‘ishlandi

Prezident topshiriqlaridan kelib chiqib, Denov tumanida mahalla va oilaviy...

Talabalar osh damladi

Termiz davlat pedagogika instituti talabalari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish...

Pedagogik mahorat — hududiy taraqqiyot garovi

Termiz davlat pedagogika institutida “Uzluksiz taʼlim tizimida, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy...
KunTun
KunTun