XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON

Date:

Insonda vatanparvarlikni singdirishning yo‘llari va usullari ko‘p. Ijodkorlar uchun esa ayni mavzuda surat solishlarining o‘zi kifoya. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Oltinsoy tumani 15-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi tadbirlar zalida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” mavzusida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov boshlanishi bilan o‘quvchilar oq qog‘oz va bo‘yoqlari bilan do‘st tutinib, surat chizishga tushib ketdi. Iqtidor, mahorat va ilhom o‘z ishini ko‘rsatib, bir-biridan ajoyib chizgilar ko‘rinish bera boshladi.
Tanlov so‘nggida g‘oliblar aniqlanib, munosib taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun