Metan va benzin shahobchalarida navbatlarni kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yetarlimi?

Date:

Kunlar sovushi bilan metan va benzin AYOQShlarida mashinalarning turna qator bo‘lib tizilgancha navbat kutayotganining guvohi bo‘lish mumkin. Aholi xonadonlarida gaz ta’minotini yaxshilash uchun metan AYOQShlarida cheklovlar o‘rnatilishidan xabardormiz. Ammo, bu holat yo‘l haqining keskin oshishiga sabab bo‘layapti. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan viloyat navbatchilik Shtabi muhokamasida ushbu holat bo‘yicha mas’ullarning hisoboti tinglandi.


Viloyatdagi mavjud 220 dan ortiq AYOQSHlarning 61 tasida benzin sotuvi yo‘lga qo‘yilgan va metan shahobchalarining ishlash vaqti uzaytirildi. Ko‘rilayotgan choralar navbatlarni qisman kamaytirgani, lekin bu yetarli emasligi, benzin yetkazib berish hajmini oshirish, narx va sifatini qat’iy nazorat qilish lozimligi qayd etildi.
Mas’ullarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq muddatlar bilan vazifalar yuklandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun