Gʻoliblar taqdirlandi

Date:

Har bir sport turi bo‘yicha raqiblar bir-biriga peshvoz chiqishar ekan, hakam jangdagi tartib-qoidalarni tushuntirib o‘tadi. Qo‘l jangida ham xuddi shunday. Talab va qoidaga munosib tarzda kurashish, g‘olib uchun ham, mag‘lub uchun ham halol jang sanaladi. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIB kubogi musobaqasida ham ayni jihatlarga e’tibor qaratildi.
Qo‘l jangi ustalari o‘zlarining bor kuchi va mahoratlarini ishga soldilar. Angorlik yosh sportchilar ham faol ishtirok etib, Mirzayor Rashidov birinchi, Xurshid Safarov uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib sportchilar bilan tuman hokimi Qosim Mardonov uchrashib, ularning erishgan yutuqlari bilan tabrikladi. Yosh sportchilarga tuman hokimligining sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun