Jarima to‘lamay desangiz…

Date:

Yangi yil eshik qoqishiga ham oz fursat qoldi. Bayram bayramdek bo‘lishini istagan yoshlar ko‘ch-ko‘yda pirotexnika vositalarini paqillatib, bayramni o‘zlaricha nishonlashni hush ko‘rishadi. Ammo, buning ayanchli oqibatlari ular bilan ham sodir bo‘lishi mumkinligini xayollariga ham keltirishmaydi. Bu holatni huquqiy tomondan aytadigan bo‘lsak, pirotexnika vositalaridan foydalanish hayotimiz uchun xavfli.
Qolaversa, ana shunday vositalarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekistonga olib kirish yoki o‘tkazish – huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilinishiga va 1 million 700 ming so‘mdan 6 million 800 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qolaversa, pirotexnika vositalari, qurol va uning o‘q-dorilari, harbiy maqsaddagi mahsulotlar reklamasiga doir talablarni buzganlik – BHMning 50 baravari (17 million so‘m) miqdorida jarima solishga asos bo‘ladi. Shunday ekan, bayramni tinch-osuda, xavfsizlikda o‘tkazaylik. Ortiqcha chiqim esa cho‘ntagimizga zarar…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun