Afruza Hamdamova jahon chempioni

Date:

Shaxmat o‘yinining ommalashishi unga qiziquvchi yoshlar safini kengayishiga xizmat qilayotir. Ayniqsa, yurtimizning shaxmat bo‘yicha yosh jahon chempionlari o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyish etishayotgani butun dunyoni lol qoldirayotgani ham haqiqat. Italiyaning Montesilvano shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida o‘zbekistonlik shaxmatchi, 14 yoshli Afruza Hamdamova ishtirok etib, jahon chempioni bo‘ldi. U ayol shaxmatchilarimiz orasida o‘smirlar o‘rtasida birinchi jahon chempioni sifatida O‘zbekiston shaxmati tarixiga zarhal harflar bilan kirdi.
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan yosh chempion Afruza Hamdamova tantanali kutib olinib, davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan chempionning o‘zi 100 million, murabbiyi esa 50 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Ishonamizki, sportchi bildirilgan ishonchni oqlab, kelgusida yuqori natijalarni qayd etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayrabod”da Navro‘z shukuhi

Xayrabod garnizonidagi harbiy qismda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan...

Yashamasa, ro‘yxatdan chiqariladi

2026-yil 1-martdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)...

Tabiatdan ilhomlanib…

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh...

Yangi ko‘prik quriladi

Prezident tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo...
KunTun
KunTun