Ulug‘bek Qosimov: “Viloyatimiz rivojida faollar va ijrochilar bir yoqadan bosh chiqarib, bir musht bo‘lib harakat qilsak, betakror vohamiz katta o‘zgarishlarga yuz tutadi”

Date:

Prezidentimiz tashabbusi bilan bugun viloyatda barcha sohalarda tubdan o‘zgarish, yangilanish va bunyodkorlik ishlari avj pallaga kirgan. Viloyatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar aholi farovonligiga, viloyatni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qilayotgani shubhasiz.
Surxon vohasiga hokim etib tayinlanganiga bir yil to‘lmagan ersa-da, Ulug‘bek Qosimovning amalga oshirayotgan ezgu ishlari yillarga tatigulik, desam mubolag‘a emas. Buni mutasaddilardan tortib, jurnalist va blogerlargacha, chekka-chekka hududlarda istiqomat qilayotgan fuqarolar-da, xonadonida, mahallasida yoinki o‘z hayotida to‘laqonli his etib yashamoqda.
Biroq bunyodkorlik, obodonchilik ishlarining ko‘lami kengligiga qaramasda, ayrim muammo va kamchiliklar ham ko‘zga tashlanayotgani sir emas.


Har qanday murojaat yoinki muammo ortida insonlar taqdiri, ularning munosib turmush sharoitida yashashi, hududlar infratuzilmasini yaxshilash, shuningdek, aholiga yanada qulaylik yaratish kabi dolzarb masalalar yotadi. Biroq xalqimizda “Qo‘l sinsa, yeng ichida. Bosh yorilsa, do‘ppi tagida” degan maqol bor. Muammoni dunyoga doston qilgan bilan birov kelib “barakalla” demaydi. Qayerga murojaat qilinmasin, ming jar solmaylik, voha mutasaddilari tomonidan hal etish choralari ko‘riladi. Qolaversa, uydagi gapni ko‘chaga olib chiqish surxondaryoliklarning mintalitet nuqtai nazaridan ham to‘g‘ri kelmaydi.
Vohada uchrab turgan ayrim kamchiliklarni keng afkor-ommaga jar solishdan ko‘ra, uni tegishli tartibda hududda faoliyat yuritayotgan mutasaddilar bilan hamjihatlikda hal etilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buni yaxshi anglagan viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov tashabbusi bilan joylarda mavjud muammolarni bor holaticha ochib berish, ularni hal etishda manzilli ishlash maqsadida vohaning barcha darajadagi rahbarlari ishtirokida jurnalist, bloger hamda faollar bilan ijtimoiy tarmoqda aloqa guruhlari tashkil etildi.
Hududlardagi kamchilik va muammolar keng jamoatchilik vakillari, ayniqsa, jurnalist va blogerlar tomonidan ushbu guruhlarga havola etilib, tezda mutasaddilar nazoratiga olinib, bartaraf etilish holatigacha foto, video formatda taqdim etilib, ijrosi ta’minlanayotir. O‘tgan davr mobaynida ko‘plab muammolar ushbu aloqa guruhi orqali hal etilishiga, joylardagi muammolar bartaraf etilayotir.
Bu esa o‘z navbatida viloyatning imijini oshirish bilan bir qatorda jurnalist va blogerlarning nufuzini ko‘tarishga, mutasaddilarga aholining ishonchi ortishiga sabab bo‘layotir. Ustiga ustak, hudud yanada rivojlanib, obodlik sari yuz tutayotgani, atrof-muhitga chiqindi tashlash yoinki muammolarga befarq bo‘lishga chek qo‘yilib, barcha darajadagi mutasaddilar ham o‘z hududi, o‘z yo‘nalishida imkon qadar muammolarni hal etish borasida yanada sergak tortishayotgani ushbu yo‘sinda ish tutish o‘zini oqlayotganini ko‘rsatmoqda. Murojaatlar ijrosi esa shaxsan viloyat rahbarining nazoratidaligi esa hech bir murojaat paysalga solinmasligiga, ijrosi tez orada hal etilishidan dalolat.
Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosida viloyati hokim Ulug‘bek Qosimov rahbarligida ayni shu murojaatlarning hal etilishi holatiga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi. Ochiq muloqotda hududlar hokimlari, tashkilot va boshqarmalar mutasaddilari OAV vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.

Muloqot avvalida hududlar kesimida hal etilmagan murojaatlar tahlil qilindi. Ulug‘bek Qosimov viloyat mas’ullariga yuzlanib, murojaatlarga befarq bo‘lmaslik, jurnalist va blogerlar, aholi vakillari tomonidan bildirilayotgan qar handay kamchilik va muammolarning vaqtida bajarilishini ta’minlash shart va zarur ekanligini alohida ta’kidlab, “Viloyatimiz rivojida faollar va ijrochilar bir yoqadan bosh chiqarib, bir musht bo‘lib harakat qilsak, betakror vohamiz katta o‘zgarishlarga yuz tutadi”, deya mutasaddilarni yanada faol bo‘lishga, mas’uliyatli vazifasini sidqidildan ado etib, fuqarolarga munosib sharoitib yaratib berishga chaqirdi.
Biroq ayrim mas’ullarning o‘z vazifasiga sovuqqonligi sabab ko‘tarilayotgan masalalar yechimini kutib qolayotganligi, buning ortidan aholi o‘rtasida davlat boshqaruvi organlariga ishonchsizlik yuzaga kelayotganligi qayd etildi. Ochiq muloqot davomida shu kabi masalalar muhokama qilinib, ayrim rahbarlarga ogohlantirish berildi.
Hududlar va tarmoqlar rahbarlariga viloyatda Prezidentimiz yuritayotgan ochiq va xalqparvar siyosatni ro‘yobga chiqarish, OAV vakillari va blogerlar bilan yaqin hamkorlikda ishlab, mavjud muammolarni hal etilishini ta’minlash, dasturlar va chora-tadbirlar ijrosi ustidan shaffof jamoatchilik nazoratini o‘rnatish ishlarini yangi bosqichda amalga oshirilishi qayd etildi.
Muloqot chog‘ida jurnalist va blogerlar o‘zlarining murojaat va masalalari, taklif va tashabbusi bilan voha rahbariga yuzlanishdi. Ko‘tarilgan murojaatlar esa shu yerning o‘zida tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.


Ilgari OAV xodimlari, blogerlar, ayniqsa, ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan viloyatda uchrab turgan ba’zi kamchiliklarni ijtimoiy tarmoqqa, internet saytlariga oshkora bong urish holati ko‘p bo‘lardi.
Biroq kamchiliklarning bu taqlid hal etilishi salbiy holatlarning oldini olishga, hududlardagi ishlarning yanada tezkorlik bilan hal etilishiga xizmat qilish bilan bir qatorda, mutasaddilarning ham mas’uliyatini oshirib, har bir rahbar o‘z yo‘nalishida, o‘z hududida yangicha tartibda, yangicha tizimda muammolarni hal etish choralarini ko‘rayotgani viloyatimizning yanada rivojiga hissa qo‘shayotir. Davlatimiz rahbarining galdagi tashrifi davomida belgilab berilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalarning amalga oshirilishi, qolaversa, aholini boqimandalikdan chiqarish, kambag‘allik darajasini keskin kamaytirish, har bir inson bahtiyor va bardam, hayotga faol fuqarolik pozitsiyasi bilan kirib kelishida tashabbuskor va “ishning ko‘zi”ni biladigan, xalqparvar rahbar Ulug‘bek Qosimov rahbarlgida, albatta, ko‘zlangan nijaga erishamiz, deb dadil ayta olamiz.

Adolat MO‘MINOVA,
Islom Mengliyev,
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Happy kids”da hosil bayrami

Kuz fasli dehqonlarning hosiliga baraka kirib, yig‘im-terim boshlangan davr...

Oliy ma’lumotsiz psixologik yordam ko‘rsatish taqiqlanadi

Joriy yilning 5-noyabrida qabul qilingan «Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish...

Ma’daniy o’rmonzor barpo etiladi

Atrofimiz bogʻ-u boʻstonga, yaxshillikka burkanar ekan, ekologiyamiz, olayotgan nafasimiz...

Umida Omonova gʻolib

Yoshlarning sportda, ijodda, sanʼatda va ilm-fanda iqtidor va isteʼdodlarini...
KunTun
KunTun