Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur deyishadi. Shu ma’noda bugun qayerda bo‘lmasin, o‘z ish faoliyatini olib borayotgan ishchi-xodim borki, kompyutersiz ishi ham bitmaydi, kuni ham o‘tmaydi. Hisobchining ham, mutaxassisning ham turli jadvallar, hisobotlar tayyorlashi, shu kabi hujjatlar ishi uchun komyuterlar eng yaqin ko‘makchi va dastyorga aylangan.
Shu jumladan, mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari ham yoshlar bilan ishlashda, amalga oshirajak loyiha-yu rejalarining hisobotini, albatta, kompyuterida yozib, saqlab boradi. Lavozim egalariga zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limi tashabbusi bilan tumandagi 15 nafar yoshlar yetakchilariga Qumqo‘rg‘on tumani hokimi tomonidan kompyuter jamlanmasi topshirildi. Bundan mamnun yoshlar yetakchilari avvalgidan-da shijoat ila ishlashini ta’kidlashmoqda.
… kompyuter jamlanmasi topshirildi
Date: