Birinchi bosqichi yakunlandi

Date:

Bozorlar o‘sha davlatning fuqarolari qanday yashayotganini bildirish bilan birga, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahvoldan ham xabardor qiladi. To‘g‘ri-da, aholining ko‘ngildagidek va barokatli bozor-o‘char qilishi uchun bozorlarimizda barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lmog‘i lozim. Qiziriq tumani “Oqjar” mahallasida 3,3 gektar maydonda joylashgan “Istara dehqon bozori”ni qayta rekonstruksiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati 6,1 milliard so‘m bo‘lgan loyiha amalga oshirilayotganidan xabardormiz. Ushbu loyihaning birinchi bosqichi foydalanishga topshirilib, tuman ahlining ko‘nglini xushnud ayladi.
Bozorning foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etib, tuman mutasaddilari bilan bozor hududida sotuvchi va xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi hamda oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi bilan tanishdi.
Loyihaning keyingi bosqichlari qurilishini jadallashtirish, sifatli yakunlash, shuningdek, bozor hududida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshirilishining oldini olish, arzonlashtirilgan mahsulotlar savdo yarmarkalari tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun