Surxon polvoni uch karra Osiyo o‘yinlari g‘olibi

Date:

Polvonning nomi tildan tushmasligi kerak, tildan tushdimi, yoddan ham ko‘tariladi. Bu esa o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi, aksincha, polvon doimo o‘z ustida ishlashi, bilagidagi kuchni charhlashi, yuragidagi shasht va olovni so‘ndirmasligi kerak. Surxon polvoni Mirmuhsin Hisomiddinov ham ana shunday polvonlardan. U ayni kunlarda Xitoyning Hangjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etib, raqiblari bilan maydonga tushdi. Kurash vatani bo‘lgan o‘zbek kurashchisi haqiqiy polvonlar yurtidan ekanliklarini namoyish etib, birinchi kun bahslarining o‘zida mahoratini namoyish etdi.
Erkaklar o‘rtasida +90 kilogramm vazn toifasida final bahsida vohadoshimiz uchinchi bor chempionlikni qo‘lga kiritdi. Polvonimiz finalda turkmanistonlik Tejen Tejenovdan ustun kelib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu delegatsiyamiz uchun mazkur Osiyo o‘yinlaridagi o‘ninchi oltin medal.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun