Savobli ishlarni davom ettirib…

Date:

Ulug‘ ayyom kunlari oldidan yoki boshqa sabablar bilan xayr-u ehson qilishga harakat qilamiz. Biz uchun arzimas sanalgan ehson esa oilalarning bir yoki bir necha kunida kam-ko‘stini to‘ldrishi, qozonini qaynatib, qornini to‘qlashiga xizmat qilishi mumkin. O‘ktam xoji bobo Qalandarovning farzandalari ham otasining ana shunday yuksak insoniylik an’anasini davom ettirib, xayrli tashabbusga qo‘l urishdi. Uzun tumani “Yangi yo‘l” mahallasidagi ehtiyojmand oilalar ro‘yxati shakllantirilib, xoji bobo farzandlarining ehsonlari tarqatildi.
— Xoji bobo har yili o‘z mablag‘lari hisobidan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarga saxovat ko‘rsatib kelar edi, — deydi tuman xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Gulboyeva. — Xoji boboning bu kabi savobli ishlarini endilikda farzandalari ham davom ettirib kelmoqda.
Mazkur tashabbusning yana bir jihati shundaki, bu aholi o‘rtasida ana shunday saxovatpesha insonlar safini oshishiga, insonlar o‘rtasida mehr-oqibat, insoniylik tuyg‘ularining kuchayishiga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun