“Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi”

Date:

Kitobxon bilan kitob o‘qimas yoshning o‘rtasida, gap-so‘zi-yu dunyoqarashida yer bilan osmoncha farq seziladi. Shunday ekan, yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, kitob mutolaasi madaniyatini shakllantirish dolzarb vazifalarimizdan. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning asosi ham ma’naviyatni yuksaltirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgani ham bejizga emas.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sariosiyo va Uzun tumani bo‘linmalari hamda 14-maktab axborot kutubxonasi hamkorligida “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir umumta’lim maktabi o‘quvchilarining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida tashkillashtirildi.
Ishtirokchilar tomonidan yozuvchilarning badiiy asarlarlaridan hamda shoirlarning she’riy parchalaridan o‘qib eshittirilgan bo‘lsa, badiiy asarlar haqidagi savol-javoblar qiziqarli munozara va muhokalarga boy bo‘ldi. Yakunda g‘olib ishtirokchilar kitoblar to‘plami hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun