Kakaydi garnizonida yig‘in

Date:

Harbiy bo‘lishni orzu qilmagan bola bo‘lmasa kerak. Maktab yoshida esa bu orzu yanada kuchayib, maqsadga aylanadi. Bu yo‘lda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani muhim ahamiyat kasb etadi. Vatanga xizmat qilishning mas’uliyatini, er yigirning muqaddas burchi ekanini eslatish bilan birga, fanning nomi aytganidek, yoshlarni chaqiruvga qadar tayyorlab, boshlang‘ich bilimlarni beradi. Bu yo‘lda fan o‘qituvchilarning xizmati katta. Shunday ekan, o‘qituvchidan bilim, mahorat, malaka talab etiladi.


Fan o‘qituvchilarining mahorat va malakalarini oshirish maqsadida esa Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Qiziriq hamda Bandixon tumanlaridagi umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari bilan yig‘in bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘inda Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Davronbek Abduraximov rahbarlik qilib, tinglovchilarga kerakli bilim va ko‘nikmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun