Ilg‘or terimchilar taqdirlandi

Date:

Paxta yig‘im-terim mavsumi qizg‘in tus olgan. Dalalarda terimchilar shijoat bilan terimga kirishgan. Dala boshlarida uyilgan paxta xirmoni esa fikrimiz nechog‘lik to‘g‘ri ekanini isbotlaydi. Ba’zi tumanlar respublikada birinchilardan bo‘lib, paxta rejasini bajarib bo‘ldi. Bunda, albatta, terimchilarning, dalada mehnatini ayamagan dala mehnatkashlarining xizmatidir. Ularni munosib rag‘batlantirish, mehnatlarini e’tirof etish esa rejani muddatidan oldin bajarishga zamin hozirlaydi.
Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumaniga tashrif buyurib, “Qoraqir tomchilari” fermer xo‘jaligining paxta dalasida yig‘im-terim ishlari bilan tanishdi. Viloyat rahbari g‘o‘za parvarishida mehnat qilgan mexanizatorlar, suvchilar va ilg‘or terimchilar bilan suhbatlashib, ularni rag‘batlantirish maqsadida sovg‘alar topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun