O‘z manziliga yetkazildi

Date:

Takliflar, g‘oyalar qo‘llab-quvvatansa, rag‘batlantirilsa, bu muallifni ruhlantirishi, yanada yuqoriroq pog‘onalarni ko‘zlashga xizmat qilishi aniq. Ayniqsa, bu rag‘bat ko‘pchilikning manfaatiga xizmat qilsachi? Qumqo‘rg‘on tumanidagi 30-sonli umumta’lim maktabi “Ochiq byudjet” loyihasining o‘tgan mavsumida taklif kiritib, g‘olib bo‘lgan edi. Shu sababdan maktablar uchun 750 million so‘mlik 30 ta elektron doska va kompyuter jamlanmalari o‘z manzillariga yetkazib berildi.
Bu esa o‘quvchi-yoshlarni yanada ruhlantirib, darslarda qulaylik yaratmoqda. Endi darslar yanada qiziqarli o‘tayotir. Ko‘proq ma’lumotlarni bilib, darsda ko‘proq bilimlarni o‘zlashtirishga sabab bo‘layotir. Shuningdek, yoshlar bo‘sh vaqtlarida ushbu kompyuter jamlanmalaridan foydalanib, kompyuter va informatikadan savodxonligini oshirish bilan birga IT sohasiga ilk qadamlarini tashlashga turtki bo‘lsa, ajab emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun