Maktablarda yangicha baholash tizimi joriy etilmoqda

Date:

O‘qish-o‘rganish, mehnat va harakatlar baholanadi. Munosib baho ruhlantirsa, natijasiz harakat kishini tushkunlikka tushirib qo‘yishi hech gap emas. Bu esa to‘xtovsiz intilishga halaqit beradi. Demak, bahomiz doimo “5” bo‘lishi uchun unga mos va xos tarzda o‘qish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 16-avgustdagi “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi 248-son buyrugʻining ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatining barcha hududlaridan tanlab olingan jami 30 ta tajriba-sinov maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun Termiz tumanidagi 16-maktabda o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda malakali trenerlar tomonidan yangi baholash tizimi bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi va uni umumta’lim maktablarida joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar taqdim etildi. Seminar ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. O‘quv yili davomida yangi baholash tizimi tajriba-sinov sifatida joriy etilayotgan ushbu maktab bilan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun