Yuridik texnikum: afzallik va imtiyozlar

Date:

Surxondaro viloyatida bir necha yilki faoliyat yuritib, yosh kadrlarni tayyorlashda munosib hissa qo‘shib kelayotgan yuridik texnikumda o‘qib, yuridik ma’lumotga ega mutaxassis bo‘lish uchun yoshlarga qator afzallik va imtiyozlar berilayotir.
Ya’ni yuridik texnikumlarda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha ta’lim olish imkoniyati mavjud bo‘lib, o‘quvchilar davlat granti hamda to‘lov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishlari mumkin. O‘quv-metodik jihatdan ko‘mak berish Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan amalga oshiriladi.
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchi esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 705-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti va “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi mavjud beshta oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek, 17-son qaroriga muvofiq TDYUdan tashqari “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi mavjud barcha oliy ta’lim muassasalariga test sinovlarisiz, suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilinadi.
Yuridik texnikumlarda o‘qitish kredit-modul tizimi bo‘yicha olib boriladi. Bunday yondashuv o‘quvchilarga mutaxassislik fanlarini chuqur tahlil qilgan holda o‘rganish imkonini beradi. Bitiruvchilar o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng, o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega bo‘lishadi va notarius yordamchisi, FHDYO bo‘limi inspektori, davlat xizmatlari markazi mutaxassislari, advokat yordamchisi hamda davlat ijrochisi va shu kabi boshqa lavozimlarda ishlashlari mumkin.
Xalqaro darajadagi yuristlarni tayyorlash maqsadida yuridik texnikumlarda qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshirib borilmoqda. Yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarga ega o‘quvchilarga Adliya vazirligi stipendiyalari va grantlari ajratiladi.
Yuridik texnikumlarga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz abituriyentlar, axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar farzandlari kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda davlat granti asosida o‘qishlari mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Tadbirkor qizlar” biznes marafoni start oldi

Xotin-qizlarni biznesga qiziqtirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari uchun yetarlicha...

Yangi imkoniyatlar…

Surxondaryo viloyatida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati jamiyat hayotining deyarli...

Surxondaryo delegatsiyasi Tojikistonda

Yurtimiz Mustaqilligining 33 yillik shodiyonalari hali tugagagni yo‘q. xalqimiz...

«Qo‘mondonlik kubogi» musobaqasida

Sport birdamlikka, sport jismoniy chiniqish-u muvaffaqiyatga boshlaydi. Yoshlarimizni sportga...
KunTun
KunTun