Termiz va Shaxinbey — qardosh shaharlarga aylandi

Date:

Turkiy xalqlarning kelib chiqishi bir ildizga borib taqaladi. Yillar, asrlar silsilasi, geogafik hududlarning belgilanishi, davlatchilikning shakllanishi va boshqa ko‘plab sabablar tufayli bu xalqlar alohida yashasa-da, o‘zaro qo‘shnichilik, qardoshlik aloqalarini uzgan emas, yaqin hamkorlikni davom ettirayotir. “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov boshchiligidagi Termiz, Qo‘qon, Navoiy, Kattaqo‘rg‘on shaharlari hamda Davlatobod tumani hokimlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ana shunday aloqalarni mustahkamlash maqsadida Turkiyaga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining tashrifi doirasida Termiz va Shaxinbey shaharlari o‘rtasida qardoshlik maqomini o‘rnatish to‘g‘risidagi protokolni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qabul qilingan hujjatlar qardosh shaharlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatish, tarixni va ana’nalarni olg‘a surish, madaniyat, ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim sohasida talabalar va o‘qituvchilarning tajriba almanishuvini amalga oshirishda hamkorlikni rivojlantirish, shaharsozlik boʻyicha tajriba almashish, turli xil yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish, xususan, tadbirkorlarga turizm sohasini rivojlantirishda keng imkoniyatlarni ochib beradigan investitsion loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Islom Mengliyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun