Kamchilliklar bartaraf etiladi… mi?

Date:

Ishga mas’uliyatsizlik bo‘lgan joyda kamchilik va xatolar kuzatiladi. Oltinsoy tumani hokimining topshirig‘iga asosan haftaning har chorshanba kuni Ijtimoiy soha kuni deb e’lon qilinganligi bois tuman hokimining o‘rinbosari X.Qosimov rahbarligida tekshirishlar o‘tkazilib, sohalardagi kamchiliklarni aniqlash ishlari olib boriladi. Ayni shunday tekshiruvlar natijasida Bobur mahallasidagi QVPda bir qancha kamchilliklar kuzatildi. TQVPda tozalik ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani yetmagandek, hujjat yuritishda hamda saqlashda xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan, tartibsiz holatda. Dorilarni saqlashda ham aniqlangan kamchilliklarni esa kechirib bo‘lmaydi.
Keyingi manzil MMT tuman bo‘limiga qarashli 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. Axir jajji bolajonlarimiz tarbiyalanayotgan ta’lim muassasasida e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yib, xato qilishga haqimiz yo‘q. Ammo, shunga qaramay, bu yerdagi oshxonada turli kamchilliklar aniqlandi. Idish-tovoqlar yuvuqsiz holda. Tozalik esa bir ahvolda. Hojatxona ham talab darajasida tozalanmagan.
So‘nggi o‘rganishlar manzili tumandagi 13-sonli AFChO‘M bilim maskanida bolajonlar toza-ozoda xonalarda saboq olishmoqda. Ularga tajribali ustozlari fan sirlarini o‘rgatayotir. Ammo, tozalik ishlari biroz e’tibordan chetda qolgan. Yuqoridagi holatlar bo‘yicha soha rahbarlariga X.Qosimov o‘z tavsiyalarini berdi va tez orada bu kamchilliklar bartaraf etiladigan bo‘ldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun