“Universal sport” maydonchasi qurildi

Date:

26 yoshli Xasan Qorjayev Muzrabot tumanining “Sopollitepa” mahallasida yashaydi. Mahallasida keng start olgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan “shaxmat” musobaqasida u ham ishtirok etdi. Shaxmat o‘ynash sevimli mashg‘uloti emasmi, raqiblarini yengish qiyin bo‘lmadi. Buni qarangki, u hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi. Respublikada ham faxrli 1-oʻrinni egalladi.
G‘oliblik nafaqat o‘zi uchun, balki mahalladoshlari uchun ham quvonarli bo‘ldi. Chunki Xasan bu bilan mahallasi uchun “Universal sport” maydonchasi qurilishi sertifikatini ham qoʻlga kiritdi-da. Shundan so‘ng, mahallada sport maydonchasining qurilish ishlari boshlab yuborilgan edi. Kuni kecha qurib bitkazilgan sport maydonchasi esa ayni paytda mahalla yoshlari bilan gavjum.
Sopollitepalik yoshlar sportning foydasini yaxshi bilib olishgan, shu sababdan ham “Besh tashabbus” olimpiadasining navbatdagi mavsum musobaqa va tanlovlariga ishtirok etish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishayotir.

Oldingi sahifaOta ibrati
Keyingi sahifaBepul ko‘mir tarqatildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...

Reabilitatsiya markazida 130 o‘rinli xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan

Surxondaryo viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash...

MASHAQQATLI MEHNAT VA BAXT NASHIDASI

Bu bitigimiz 94 yoshli Aliqul bobo Tosh o‘g‘li va...
KunTun
KunTun